Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Maktab uchun ota-onalardan pul yigʼish qonuniymi?


Maktab uchun ota-onalardan pul yigʼish qonuniymi?

Maktab maʼmuriyati oʼquvchilar orqali ota-onalardan, asosan, sinfni remont qilish, bayram tadbirlarini oʼtkazish, oʼqituvchilarga sovgʼa sotib olish va maktab faoliyatining boshqa jabhalari uchun pul yigʼib oladilar.

“Tashabbus”ga ham mazkur amaliyotning qonuniyligini soʼrab koʼplab savollar tushmoqda. Xoʼsh, maktab maʼmuriyati va oʼqitivchilar oʼquvchi ota-onasidan pul yigʼib olishi qonuniymi?

Umumiy taʼlim olish huquqi

Umimiy taʼlim muassasasi xarajatlarini qoplash uchun ota-onalardan pul yigʼib olish amaliyotining qonuniyligini muhokama qilishda, yeng avvalo, yurtimizda umumiy taʼlim olish huquqi konstitutsiyaviy huquq darajasiga koʼtarilganligi va bepul yekanligini alohida taʼkidlab oʼtish lozim.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga koʼra, har kim bilim olish huquqiga yega boʼlib, davlat bepul umumiy taʼlim olishni kafolatlaydi. Taʼlim toʼgʼrisidagi Qonunning 4-moddasiga binoan, har kim bilim olishda teng huquqlarga yegadir. Umumtaʼlim maktabi toʼgʼrisidagi Nizomning 2-bandiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumtaʼlim andozalari doirasida bepul umumiy taʼlim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.

Umumiy taʼlim muassasalarining davlat tomonidan moliyalanishi

Bepul umumiy taʼlimni kafolatlash davlatning umumiy taʼlim bilan bogʼliq boʼlgan asosiy sarf-xarajatlarni oʼz zimmasiga olishini anglatadi. Shu sababli, Taʼlim toʼgrisidagi Qonunning 31-moddasida davlat taʼlim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablagʼlari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Umumtaʼlim maktabi toʼgʼrisidagi Nizomning 8-bandida yesa, davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa yehtiyojlarining qondirilishini taʼminlaydi.

Unda, shuningdek, maktabda qoʼshimcha oʼquv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-eksperiment ishlari olib borilganda, yeksperimental pedagogik maydonchalar tashkil yetilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabni zarur moddiy-texnika bilan taʼminlash uchun qoʼshimcha moliyaviy mablagʼlar ajratishlari mumkinligi yozilgan.

Taʼlimni rivojlantirishga oid maqsadli yeksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan yeksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq taʼlimi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablagʼlardan moliyaviy taʼminlanishi mumkin.

Quyi Chirchiq tuman adliya

boʼlimi yetakchi maslahatchisi Abdulaziz Kazimbayev