Янгиликлар
Pensiyaga chiqqan ayollarning mehnat qilish huquqi
Pensiyaga chiqqan ayollarning mehnat qilish huquqi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4235-son qaroriga koʼra “ayollarning pensiya yoshiga toʼlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʼlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish taqiqlanadi” belgilangan.
Ish beruvchi oʼrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi muddatli tuzilgan boʼlsa, u holda pensiya olayotgan davrda yoki pensiya olishni boshlaganingizdan keyin ushbu shartnoma muddatining tugashi bilan ish beruvchi tomonidan ishdan boʼshatishga asos boʼladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi boshligʼi Joʼshqin Badalov