Янгиликлар
Jinoyat Kodeksi 235-moddasi tahlili: gʼayriinsoniy yokiqadr-qimmatni kamsituvchi muomala.
Jinoyat Kodeksi 235-moddasi tahlili: gʼayriinsoniy yokiqadr-qimmatni kamsituvchi muomala.
Adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash uchun mansabdor shaxslarni noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortish alohida ahamiyat kasb yetadi. Noqonuniy harakatlar uchun mansabdor shaxs maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyat Kodeksining (bundan keyin JK) 235-moddasi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalahamda jazo turlarini qoʼllash uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Mazkur maqolamizda JKning 235-moddasi qanday holatlarda qoʼllanilishiga misollar keltiramiz. JKning 235-moddasida qiynoq quyidagicha taʼriflangan: “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllash, yaʼni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud jazoni oʼtayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir yetganligiga iqrorlik koʼrsatuvi olish, ularni sodir yetilgan qilmish uchun oʼzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir yetishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro yetish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qoʼrqitish, urish, doʼpposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir yetilgan qonunga xilof ruhiy yoki jismoniy taʼsir koʼrsatish”. Demak, biron xatti-harakat qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hisoblanishi uchun uch jihatga yeʼtibor qaratish kerak:
1. Maqsad: Xatti-harakat biror bir axborot yoki jinoyat sodir yetganligiga iqrorlik koʼrsatuvi olish, kishini sodir yetilgan qilmish uchun oʼzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir yetishga majburlash maqsadida amalga oshirilishi kerak;
2. Taqiqlangan harakatlar: Xatti-harakat ruhiy yoki jismoniy taʼsir koʼrsatishdan (masalan, qoʼrqitish, urish, doʼpposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar) iborat boʼlishi kerak;
3. Mansabdor shaxs: Yuqoridagi harakatlar mansabdor shaxs (masalan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, Ichki ishlar organi xodimi) yoki uning buyrugʼi bilan jismoniy shaxs (masalan, bir mahkumning jazoni ijro yetish muassasasi xodimi buyrugʼi bilan boshqa mahkumni qiynoqqa solishi) tomonidan amalga oshirilishikerak.
Mazkur moddada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala oʼrtasidagi farq belgilab oʼtilmagan. Fikrimizcha, mansabdor shaxsni 235-modda asosida javobgarlikka tortish uchun mazkur ikki huquqiy tushuncha oʼrtasidagi farqqa koʼp yeʼtibor berishning ahamiyati yoʼq. Mansabdor shaxs biron maqsadni koʼzlab kishiga ruhiy yoki jismoniy azob berishi, azob darajasi qanday boʼlishidan qatʼi nazar, 235- moddaning qoʼllanilishiga asos boʼlishi kerak. Mazkur tushunchalar oʼrtasidagi farq, asosan, mansabdor shaxsga jazo tayinlashda ahamiyatga yega. Agar qilmishni qiynoqqa solish deb taʼriflash mumkin boʼlsa, unda mansabdor shaxsga belgilash mumkin boʼlgan yeng ogʼir jazo tayinlanishi kerak. Aksincha, agar qilmish qiynoq yemas, balki shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr- qimmatni kamsituvchi muomala deb topilsa, unda nisbatan yengilroq jazo tayinlanishi mumkin. Biron maqsadni koʼzlab kishiga ruhiy yoki jismoniy azob berish bilvosita yoʼllar bilan amalga oshirilgan taqdirda ham 235-moddaning qoʼllanilishiga sabab boʼlishi mumkin. Masalan, qamoqxonada saqlanayotgan kishidan kerakli maʼlumotni olish uchun tergovchi qamoqxonadagi boshqa mahbuslarni ishga solishi mumkin. Keng qoʼllaniladigan usullardan biri bu gumondorni tergovchiga aloqador mahbuslar bilan bir, xonaga joylashtirish va u mahbuslarga gumondordan tegishli maʼlumot yoki iqrornomani olgunga qadar ruhiy va yoki jismoniy azob berishni buyurish.
Quyi Chirchiq tuman adliya bulimi bosh
maslahatchisi. Zafar Jumanov,