Янгиликлар
Adliya vazirining 2022-yil 11-noyabrdagi 272-sonli buyrugʻiga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlarida “Huquqiy koʻmak darchalari” tashkil etilishi belgilangan.
Adliya vazirining 2022-yil 11-noyabrdagi 272-sonli buyrugʻiga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlarida “Huquqiy koʻmak darchalari” tashkil etilishi belgilangan.
Taʼkidlash kerakki, “Huquqiy koʻmak darchalari” sud, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bogʻliq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga ogʻzaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiradi.
Shuni unutmaslik kerakki, murojaat qiluvchi shaxslarga ular bilan suhbat davomida beriladigan huquqiy tushuntirish va maslahatlar tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanadi.
Mazkur darchalarga sud bilan bogʻliq hamda sud-protsessual tartibdagi masalalar yuzasidan huquqiy yordam olmoqchi boʻlgan fuqarolar belgilangan qabul soatlari doirasida murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Mazkur buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Boʻstonliq tuman adliya boʻlimida “Huquqiy koʻmak darchasi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan koʻzlangan maqsad fuqarolarga huquqiy koʻmak koʻrsatilishini taʼminlash, shuningdek, aholida sud organlariga murojaat qilishda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qoʻshishdir.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov