Янгиликлар
Davlat organlari va tashkilotlari pochta joʻnatmalarini Yagona milliy tizim orqali yuboradi
Davlat organlari va tashkilotlari pochta joʻnatmalarini Yagona milliy tizim orqali yuboradi
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yoʻllanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib beradi.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta joʻnatmalari Yagona milliy tizim orqali yoʻllanadi:
yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yoʻllangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
toʻlov xabarnomalari va bildirishnomalar;
chaqiruv qogʻozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar;
davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijalari;
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlar.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov