Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Inson huquqlari – oliy qadriyat


Inson huquqlari – oliy qadriyat

Hozirgi kunda Yangi Oʻzbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad inson, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan.

1948-yil, 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) koʻrsatmasi orqali qabul qilingan va eʼlon qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 2-moddasiga asosan “Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qatʼi nazar ushbu Deklaratsiyada eʼlon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega boʻlishi zarurligi, bundan tashqari, inson mansub boʻlgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqil, vasiy ekanligi, oʻz-oʻzini idora qilganligi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qatʼi nazar biror bir ayirmachilik boʻlmasligi kerak”,-deb belgilangan.

Insonni ulugʻlash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish bizning bosh qomusimizning asosi sifatida gavdalanadi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi boʻlimi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”,-deb nomlangan. Ushbu boʻlimda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga oid umumiy qoidalar, fuqarolik masalalari, shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, inson huquq va erkinlikari kafolatlari, fuqarolik burchlari kabi masalalar bayon etilgan.

Xususan, tuman adliya boʻlimi tomonidan “Inson qadr-qimmati - eng oliy qadriyat” mavzusida “Baytqoʻrgʻon”, “Poʻlatqadam”, “Oʻnqoʻrgʻon”, “Koʻprik boshi”, “Turkiston” va boshqa mahallalarda sayyor qabullar oʻtkazilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonining 13 bandiga muvofiq davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yoʻnalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani oʻrganish va tahlil qilish natijasiga koʻra ularni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi oʻz aksini topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2018-yildagi “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga bepilgan eng oliy bahodir” asarida: “Bizning muhim vazifamiz – fuqarolar, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro masʼuliyat, huquq va burch bogʻliq ekaniga oid prinsipni izchil amalga oshirishdan iborat”,-deb taʼkidlagan edilar.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “«Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6079-son Farmonining 13 bandiga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligining mazkur vazirliklar va ularning tasarrufidagi tashkilot va boʻlinmalar negizida “Raqamli idora” loyihasini amalga oshirishning amaliy tajribasini boshqa davlat organlari va tashkilotlarida ularning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joriy etish belgilangan.

Ushbu Farmon asosida hududiy adliya organlari tomonidan jimoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar elektoron tarzda koʻrib chiqilishi yoʻlga qoʻyildi. Hozirda ushbu sohadagi qonunbuzilishi holatlari yuzasidan taʼsir choralari qoʻllanilib, ushbu taʼsir choralari davlat organlariga, mansabdor shaxslarga “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlari orqali xat-xabarlar mazkur tizim orqali yoʻlga qoʻyilishi taʼminlanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, inson huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar — inson manfaatlariga xizmat qiladi. Shuningdek, adliya organlari tomonidan inson huquq va erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishi taʼminlanadi.

 

Qibray tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Abdusattorov Jaxongir Jalolovich