Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan xodimning megʻnat huquqlari tiklandi
Adliya aralashuvi bilan xodimning megʻnat huquqlari tiklandi
Qibray tumani adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilning 11 oyi davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari manfaatini koʻzlab kiritilgan taʼsir choralari natijasida sudlarga 180 dan ziyod daʼvo arizalari kiritilgan. Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan. Adliya boʻlimlari tomonidan hal etilgan masalalar qatoriga asosan mehnat huquqlarining buzilishi, pensiyaga oid muammolar, sogʻliqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga toʻsqinlik boʻlayotgan turli holatlar tashkil qiladi.
Qibray tuman adliya boʻlimida ham fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-aprel kuni Qibray tumanidagi “May” MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan M.U. tuman adliya boʻlimiga Qibray tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan mehnat huquqlari buzilayotganligidan norozi boʻlib murojat qildi.
Aniqlanishicha, Qibray tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi maʼsul xodimlari tomonidan I.M. bilan 2019-yil
18-maydan 2022-yil 14-fevralgacha “May” MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan maʼlum boʻldi. Shuningdek, “May” MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan fuqaro M.U.ga nisbatan 2019-yil davomida hamda 2022-yilning hozirgi kunga qadar Mehnat kodeksining 181-moddasida koʻrsatilgan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmagan boʻlsada, 2019-yil 18-maydan
2020-yil 17-may kunga qadar ish davri uchun foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun pullik kompensatsiya toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi.
Qibray tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 110, 151
154-moddalari talablari buzilganligi maʼlum boʻldi. Ushbu Qibray tumanidagi “May” MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan M.U.ning arizasi oʻrganib chiqilib, Qibray tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi. Ushbu taqdimnomaga asosan Qibray tumanidagi “May” MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan M.U.ning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi. Fuqaro M.U.ga 2019-yil 18-maydan 2020-yil 17-may kunga qadar ish davri uchun foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun 1.660.000 soʻm miqdordagi pullik kompensatsiya toʻlab berildi.
Zero, Adliya boʻlimlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanishiga erishishdan iborat edi. Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yoʻl bosib oʻtirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi. Adliya boʻlimlarining tashkil qilinganligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida katta qadam boʻldi deb ayta olamiz. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka berilgan takliflar koʻplab byurakratik toʻsiqlarni oldini olganligni koʻrishimiz mumkin.
Bundan tashqari adliya boʻlimlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham koʻplab targʻibotlar va boshqa amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, adliya boʻlimlari butun faoliyati davomida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklash boʻyicha koʻplab ishlarni amalga oshirdi.
Qibray tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi
Abdusattorov Jaxongir Jalolovich