Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yer sohasidagi nazorat kuchaytiriladi


Yer sohasidagi nazorat kuchaytiriladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-138-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga koʻra Prokuratura organlarida yer sohasidagi qonunbuzarliklarga qarshi kurashadigan yangi boʻlinmalar tashkil etilmoqda.

Bosh prokuratura tarkibida 8 ta shtat birligidan iborat Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida esa umumiy soni 56 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boʻlimlari tashkil qilinadi.

Yangi tashkil etilayotgan Boshqarma va boʻlimlar prokuratura organlarining 32 ta, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimining 15 ta, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimining 7 ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 10 ta shtat birliklarini maqbullashtirish (qisqartirish) hisobidan shakllatiriladi. Shuningdek Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2022 yildagi PQ-425-sonli qarori qabul qilindi.

                                                                                                      Qibray tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshyuristkonsulti

Hamrayev Oybek