Янгиликлар
SPORT SHARTNOMALARIDA SHAXSIY HUQUQLARNI AMALGA OSHIRISHNI ChEKLASHNING XUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
SPORT SHARTNOMALARIDA SHAXSIY HUQUQLARNI AMALGA OSHIRISHNI ChEKLASHNING XUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Uzbekiston Respublikasining Konsitutsiyasining VII bobi Fuqarolarning shaxsiĭ huquq va erkinliklari belgilab qŭĭ ilgan. Mamlakatimizda barcha fuqarolrning shaxsiĭ huquqlari himoyalanmoqda, rivojlanayapti, kafolatlanmoqda Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 16-22-moddalarida shaxsiĭ huquq va erkinliklar namoyën bŭlgan. Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarda shaxsiĭ huquqlar himoya qilingan. Shu bilan birga, Uzbekiston respublikasi Jinoyat Kodeksi, Uzbekiston Respublikasi Mamuriĭ javobgarlik togʻrisidagi kodeks shaxsiĭ huquqlarni qŭriqlaĭdi. Shaxsiĭ huquq bu - inson qobilyatlari, ijtimoiĭ hususyatlari va maxoratini erkin ravishda namoyën bŭlishiga ĭ ŭnaltirilgan, shaxsni mustaqilligi va sogʻ-salomatligini taʼminlashga, uning ijobiĭ sifatlarini namoyën qilishga, davlat va jamiyat tomonidan kafolatlanadigan, qonun tomonidan tan olinadigan va fuqarolarni kelgusida yangidan vujudga keladigan yëki real mavjud, tŭlaqonli daxilsiz huquqlariga aĭtiladi.1 Inson faoliyati va mashgʻulot turlari hilma xil va doirasi kengdir. Jismoniĭ shaxslarning mashgʻulot turini tanlash erkinligi huquqi qonunchilikda belgilangan sport bilan shugʻullanish, hususan profisional sport soxasida faoliyat yuritish har tomonlama chidam matonat va sabrni talab etadi. Prafesional sport soxasi kishilardan nafaqat jismoniĭ kŭrsatkichlarni talab qiladi, balki muayan huquq va majburyatlardan kelib chiqib ŭziga xos huquqiĭ holatda va rejimda ishlash va yashashni talab qiladi. Bunda davlat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiĭ hujjatlar talablari bilan birga nodavlat tuzilmalar (assotsatsiyalar, federatsiyalar, klublar) tomonidan ŭrnatilgan qoidalar va talablar ham amal qiladi. Sport rivojlanish bilan bir qatorda Sport shartnomalarida sportchilarning shaxsiĭ huquqlarini amalga oshirida bir qancha muamolar yuzaga kelmoqda. Rivojlanayëtgan jamiyatimizda insonlarning shaxsiĭ huquqlarini hurmat qilish muxim axamiyatga ega. Bu qoida va talablarda sportchilar musoboqalarda yuqori natijalarga erishish uchun sport shartnomasi amal qilish mobaĭ nida shaxsiĭ huquqlarini amalga oshirishni, hohish va istaklarini cheklash kabi shaxsiĭ huquqlar sport kontraktlari asososida cheklanishini sportchi ŭz zimmasiga oladi. Aĭni paĭtda bu holatlar qonunlarda kŭzda tutilmagan. Masalan: Badiiĭ gimnastikada, nikohga kirmaslik, farzand kŭrishdan tiĭilish, figurali uchishda ovqatlanish rejimiga qatiĭ amal qilish, hohlagan vaqtida va joĭida dam olaolmasligi talab etiladi. Xozirgi kunda Mamlakatimizni moderinizatsiya va isloh qilish fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilayëtgan vaziyatda yurtimizda amalga oshirilayëtgan keng kŭlamli isloxatlar bevosita insonlar- ning farovon yashashi, ularning xuquq va qonuniĭ manfaatlarini rŭëbga chiqishi kafolatlanishi bilan chambarchas bogʻliqdir. Sportchining shaxsiĭ huquqlarini tartibga solishdagi mezonlarni belgilash, hohishlarini chegaralashi shuningdek, sportdagi faoliyati davomida ŭz imkoniyatlarini tŭliq rŭëbga chiqarishini taʼminlashga qaratilgan bir qancha savollar vujudga keladi. Sport shartnomalarida sportchi shaxsiĭ huquqidan tiĭilishiga oid qandaĭ shartlarni ŭz zimmzsiga olishi mumkin? Sportchi shaxsiĭ huquqlardan qancha vaqt mobaĭ nida tiĭiladi? Sportchi sport shartnomalaridagi shartlarni buzgan holatda qandaĭ javobgarlik choralari qŭllaniladi? Sportchini ushbu shaxsiĭ huqularni sport shartnomasi asosida chegaralanishi qandaĭ oqibatlarga olib kelinishi mumkin Shaxsiĭ hayë tning daxlsizligi huquqi barcha shaxsiĭ masalalarni mustaqil hal qilish va ŭzga shaxslarning aralashuvini taqiqlash imkoniyatini beradi, qonunda nazarda tutilgan yë ki fuqaroning ŭ zi bilan kelishilgan hollar bundan mustasno. Inson yashash manzilini, kasbiĭ faoliyatini, insonlar ŭ rtasidagi telefon, pochta, telegraf orqaliĭ sŭ zlashuv va yë zishmalarini sir tutish huquqiga ega Inson qandaĭ faoliyat bilan shugʻullanishi va vaqtini mustaqil ravishda, ŭz hohishicha belgilashi lozim. Sport shartnomalarida sportchilar uchun sport rejimini, ish beruvchi tomonidan individual tarzda ishlab chiqilishi, nikohga kirishdan, farzand kŭrishdan ŭ zini mahrum qilishi, doimiĭ parxezlar, tamaki maxsulatlaridan tiĭ ilishi, optimal tarzda belgilanishi maqsadga muvofiq bŭlar edi. Insoning dam olishga bŭlgan huquqidan sportchi sport rejimi tufaĭli ŭz hohishicha foĭdalana olmaĭdi. nafaqat sportchining mashgʻulotlari va dam olish vaqtlarining nisbati. Buni hisobga olgan holda, sport rejimi mehnat shartnomasida, sportchiga maxsus cheklovlarni ŭz ichiga olgan ish beruvchining mahalliĭ harakatlarida, masalan, parhez, vazn toifasini saqlash, uĭda mashq qilish, chekishni taqiqlash, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish va shunga ŭxshash narsalar bilan belgilanadi. Sportchining hohlagan vaqtda dam olmasligi, sport rejimiga qatiĭ rioya qilishi kabi vazifalarni sportchilarga topshirish ularning konstitutsiyaviĭ huquqlarini cheklaĭdi, bizga maʼlumki shaxsiĭ huquqlar faqat sud orqaliĭ cheklanishi mumkin. Sport rejimining buzilishi, ehtimol, sportchiga intizomiĭ javobgarlikni qŭlanilishi uchun asos bŭlishi mumkin: mukofotdan mahrum qilish, sportchini zaxira futbolchilarga vaqtincha kŭchirish (kamroq ŭĭ in amaliyëti, sport natijalari uchun mukofot olish imkoniyati kamaĭ - ishi) sport rejimining sportchilarning shaxsiĭ hayëtiga bŭlgan huquqini amalga oshirishda cheklovlarning bŭlishi qonunchiligimizdagi bŭshliqlardan dalolat beradi. Mehnat kodeksiga sport rejimiga bagʻishlangan alohida moddalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bundaĭ moddalarning meʼërlari boshqa soxalar kabi sport rejimining mazmuni va uning asosiĭ tamoĭ illarini mustahkamlashi kerak. Sport rejimining tabiatining hal qiluvchi omili, birinchi navbatda, sportchi ishtirok etadigan sport turidir. Natijada, har bir maxsus sport uchun sport rejimi tŭgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish huquqini beruvchi sport federatsiyalari uchun qonunchilikni mustahkamlash maqsadga muvofiq bŭladi. Xulosa qilib aĭtmoqchimanki, boshqa shaxsiĭ nomulkiĭ huquqlarni tartibga solish va himoya qilish masalasi sportchi- larning shaxsiyatini individuallashtirishga qaratilgan huquqlar alohida eʼtibor qaratilishiga loĭ iq masaladir. Faoliyatning ŭziga xosligi va oshkoraligini hisobga olgan holda, masalan, sportchining imidjiga bŭlgan huquqni sport musobaqalaridan sŭng qaĭ ta tiklanish masalasi juda dolzarb. Biroq, mehnat shartnomasi bundaĭ elementlarni ŭz ichiga olmaĭ di. Sportchilarning shaxsiĭ nomulkiĭ huquqlari kontsepsiyasini yanada ŭrganish, ishlab chiqish, umuman, Uzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining umumiĭ qismida shaxsiĭ nomulkiĭ huquqlarni mustahkamlash bŭĭicha yana bir qadam bŭlishi mumkin. Sportchilarga hurmat, qadr-qimmat, ism, shaxsiĭ kŭrinish, tasvirga bŭlgan huquqi, dam olishga, ovqatlanishga, oila qurishga, farzand kŭrishga bŭlgan shaxsiĭ xuquqlarini amalga oshirishni sport shartnomalarida qonuniĭ tartibga solish lozim.
Qibray tumani FHDYO boʻlimi vvb mudirasi
Akramxodjayeva Dilnoza Usmanovna