Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

SPORTCHILARNING SHAXSIY HUQUQLARINI ChEKLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI


SPORTCHILARNING SHAXSIY HUQUQLARINI

ChEKLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Rivojlanayotgan asrimizda sport soxasi nafaqat insonlarning jismonan yetuklikka eltuvchi yoʻl balkim, professional sportda murosasiz bellashuvlar, gʻalaba nashidasi va magʻlubiyatning achchiq alamliy azoblarini totish va tomoshobinlarga murosasiz janglarnizavqu shavqini beruvchi janglarni kuzatishni imkonini beruvchi soxadur. Rassiyalik olim S. V. Alekseevning fikricha Yangi ming yillikning boshlariga kelib dunyoning yetakchi mamlakatlarida sportning davlat, jamiyat va shaxs hayotidagi oʻrni toʻgʻrisida umumiy tushuncha shakllandi. Ijtimoiy hayotning ajralmas qismi boʻlgan sport ijtimoiy-iqtisodiy hodisaga, zamonaviy madaniyatimizda insoniyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar tizimining muhim elementlaridan biriga aylanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5924-sonli 24.01.2020. “Oʻzbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonida Respublikamizda soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uni ommaga targʻib qilish, aholini sogʻlom turmush tarzini yaxshilash uchun aniq dasturlar ishlab chiqish toʻgʻrisidagi ishlarni amalga oshirish borasida koʻrsatmalar berilgan. Ushbu farmonga ilova tarzida Respublikada jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish kansepsiyasi keltirilgan. Sportning alohida bir jarayon, soha sifatida eʼtibor bilan qaralib uning rivojlanishi, yuksalishi, jamiyat hayotida uning ajralmas boʻlagiga aylanishi uchun bunday chora tadbirlarning ahamiyyati albatta yuksakdur. Sport soxasida sportchilarning oʻz faoliyatini olib borish jarayonida sportchilarning shaxsiy huquqlari bir qadar cheklanganligini kuzatiladi.Shaxsiy huquq va erkinliklar -ijtimoiy va huquqiy maqomidan qatiy nazar, insong tugʻilganidan mansub boʻlgan asosiy huquq va erkinliklaridir.Insoning shaxsiy huquq va erkinliklari unversal: hamma insonlarga barcha vaziyatlarda taalluqli boʻladi; tabiiy: insonlarga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi; ajralmas: ushbu huquqlardan oʻzboshimchalik bilan mahrum etish mumkin emas. Inson shaxsiy huquq va erkinliklari deyilganda, uning qaysi davlat fuqaroligiga mansubligidan qatʻiy nazar, u tugʻulishi bilan ega boʻladigan tabiiy, biroq boshqa shaxsga oʻtkazib boʻlmaydigan huquq va erkinliklarining yigʻindisi tushuniladi. Shaxsiy huquq va erkinliklar – insoning tabiiy huquq va erkinliklari boʻlib, uning hayoti, sogʻligʻi, or-nomusi, shaʻni, obroʻyi, qadr-qimmatini taʻminlashga qaratilgandir.

Garchand, shaxsiy huquq va erkinliklar davlat tomonidan qonunlarda belgilab berilmasada, har bir kishi tugʻilgan zahoti ushbu huquqqa ega boʻladi. Mazkur huquq va erkinliklar insondan ajratib boshqaga olib berilmaydi.Davlat shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirishni taʻminlaydi, himoya qiladi va kafolatlaydi 8.Fuqaroning shaxsiy hayotining koʻrinishlari qanchalik xilma-xil boʻlmasin, shaxsiy hayot sirini saqlashga nisbatan umumiylik mavjud. .Maʻlumki inson shaxsiyatining turli tuman qirralariga boshqalar tomonidan gʻayriqonuniy aralashish unga moddiy va maʻnaviy zarar yetkazadi. Davlat fuqaroga uning shaxsiy hayotining bir qator jihatlarini sir saqlash kafolatlarini bermas ekan, shaxsning davlatdan, jamiyat yokiy qandaydir ijtimoiy guruhdan alohidalash imkoniyati mavjud boʻlmaydi. Oʻzga shaxslar faqatgina fuqaroning roziligi bilan va qonunda nazarda tutilgan tartibdagina, axborot olish va undan foydalanish asoslari, shartlari, tartibiga toʻla rioya etgan holda, tanishishlari mumkin. Ammo, shaxsiy hayot siri huquqi amaldagi qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topmagan. Nazariy nuqtaiy nazardan olganda shaxsiy hayot siri mutlaq huquq boʻlib, unga muvofiq huquq egasi oʻz roziligi bilan bergan yoki qonunga muvofiq olingan axborot sir saqlanishini, shuningdek uni tarqatishni toʻxtatilishini talab qilishga haqli. Huquq egasi tomonidan qoʻyilishi mumkin boʻlgan bunday talab shaxsiy hayot siriga boʻlgan huquq buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararni talab qilishga hech qanday monelik qilmasligi lozim. Inson faoliyati va mashgʻulot turlari hilma xil va doirasi kengdir. Jismoniy shaxslarning mashgʻulot turini tanlash erkinligi huquqi qonunchilikda belgilangan sport bilan shugʻullanish, hususan profisional sport soxasida faoliyat yuritish har tomonlama chidam matonat va sabrni talab etadi. Prafesional sport soxasi kishilardan nafaqat jismoniy koʻrsatkichlarni talab qiladi, balki muayan huquq va majburyatlardan kelib chiqib oʻziga xos huquqiy holatda va rejimda ishlash va yashashni talab qiladi. Bunda davlat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar talablari bilan birga nodavlat tuzilmalar (assotsasiyalar, federatsiyalar, klublar) tomonidan oʻrnatilgan qoidalar va talablar ham amal qiladi. Sport rivojlanish bilan bir qatorda, sportchilarning shaxsiy huquqlarini amalga oshirida bir qancha muamolar yuzaga kelmoqda. Rivojlanayotgan jamiyatimizda insonlarning shaxsiy huquqlarini hurmat qilish muxim axamiyatga ega. Bu qoida va talablarda sportchilar musoboqalarda yuqori natijalarga erishish uchun, sportchilarning shaxsiy hayot sirlari shaxsning turli individual hayotiy faoliyati (odatlari,ogʻirligi, jismoniy va fiziolagik hususyatlari, shaxsiy muloqot vositalari, moliyaviy ishlari, shaxsning yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlari va boshqalar) ni qamrab oladi. Binobarin, sportchining jarohati haqidagi siridan raqib tomoning xabar topishi natijasida nafaqat sportchining sportdagi faoliyatiga shuning bilan bir qatorda uning ruhiy holatiga ham keskin salbiy taʻsir qilishi mumkin. Sport kulubi va sportchi haqidagi sirlarni himoya qilish lozimligi qonunlarda aks etmagan. Lekin mazkur huquq qonunda oʻz aksini topmaganligi uni umumiy tarzda huquqini mavjud ekanligini inkor etmaydi.Sportchining shaxsiy sirga boʻlgan huquqi uning mutlaq huquqidir. Bunday sirning egasi qonun yoʻli bilan yoxud egasining roziligi bilan bundan voqif boʻlgan kishilardan bunday maʻlumotlar sir saqlanishini, shuningdek, uni tarqatishga chek qoʻyilishini talab qilishga haqli. Sportchining bunday huquqlarni himoya talab qilishi, shaxsiy hayot sirlariga boʻlgan huquqqa xilof ish tutganligi natijasida yetkazilgan zararni undirilishini talab qilish imkoniyatidan maxrum boʻlmaydi. Shaxsiy hayotning siri sportchining professional yoki ijtimoiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan va uning xarakterini, tashqi qiyofasini, sogʻligʻini, moddiy ahvolini, turmush tarzini va alohida faktlar haqidagi maʼlumotlardir.Sport pasportini joriy etish 2015-yil 4-sntabirdagi 394-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida" gi qonuning 28-moddasida nazarda tutilgan. Sport pasporti-jismoniy tarbiya-sport yoki boshqa tashkilotga tegishli boʻlgan va sportchining sport-malakasiga ega boʻlgan yagona namunadagi hujjat. Sport pasporti-bu sportchi haqida maʼlumotga ega boʻlgan integratsiya chipga ega boʻlgan plastik karta. Karta shaxsning sportchilarining yagona maʼlumotlar bazasiga tegishli ekanligini tasdiqlaydi va unga kirishning kalitidir. Ushbu tartibni joriy etish Oʻzbekiston Respublikasida professional sportchilarni roʻyxatga olish, ularning sogʻligʻini monitoring qilish, oʻquv dasturlarini oʻtkazish va barcha sport musobaqalarida ishtirok etish imkonini beradi. Sport pasportlarini joriy etish va targʻib qilish sport federatsiyalari faoliyatining maksimal ochiqligi va shaffofligini, sportchilarni va murabbiylarni tanlash tizimini, kasbiy tayyorgarlikni monitoring qilishni, sportchilarning salomatligi va erishgan yutuqlarini sezilarli darajada oshirishi kerak.Bizning nuqtayi nazarimiz boʻyicha, sportchilarni "roʻyxatga olish" ning bunday shaklini joriy etish ularning huquqlarini sezilarli darajada buzadi. Sport pasportida saqlanadigan maʼlumotlarning roʻyxati juda kengdir, bundan tashqari, u tugatilmaydi. Taʼkidlash joizki, sport pasportlarini joriy etish va ulardan foydalanish sportchilar va jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari manfaatlari muvozanatini buzadi.Sport munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish beruvchi uchun sportchining sogʻlom turmush tarzi, kasbiy kasalliklar, ularda otqazilgan jarrohlik operatsiyalar va boshqalar haqida maʼlumot mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻliqni saqlash toʻgʻrisida”gi 265-sonli qanuning 25-moddasiga koʻra, fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligining asoslari tibbiy yordam olish, fuqarolarning sogʻligʻi, uning kasalligi tashxisi va uning davolanishi va davolanishida olingan boshqa maʼlumotlar tibbiy sirni tashkil etadi. Fuqaro ularga berilgan maʼlumotlarning maxfiyligi kafolati ostida tasdiqlanishi kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sportchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʻlumotlar gʻoyat kengayib, bir vaqtning oʻzida ularning mazmuni ham boyib borayotganligini hisobga oladigan boʻlsak, inson toʻgʻrisidagi bunday axborotlar va shaxsiy maʻlumotlarni ishlab chiqish, ularni maʻlum bir tizimga solish, toʻplash, qayta ishlash, va tarqatish, shuningdek, ulardan foydalanish jarayonini muayyan huquqiy tartibga solish zaruratiga aylanib borayotganligini anglash qiyin emas. Sportchining shaxsiy axborotlar va maʻlumotlarni uning ixtiyoridan tashqari toʻplash, saqlash, tizimga solish, tarqatish qayta ishlash, qolaversa, har qanday tarzda foydalanish shaxs uchun muayyan qiyinchiliklar vujudga keltirishi, uning shaxsiy daxlsizligiga putur yetkazishi, sportdagi yoki umuman hayotda uning mavqeyi pasayib ketishiga olib kelishi, uning sportdagi nufuziga, imidjiga salbiy taʻsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli ham mamlakatimizda shaxsiy maʻlumotlarni himoya qilish maqsadida “Shaxsiy maʻlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi maxsus qonun qabul qilinishi zarurati mavjud.

Qibray tumani FHDYO boʻlimi ikkinchi toifali inspektori Dusnazarova Mohigul Djahongirova