Янгиликлар
SPORT SHARTNOMALARIDA SHAXSIY HUQUQLARINI AMALGA OSHIRILISHINI CHEKLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
SPORT SHARTNOMALARIDA SHAXSIY HUQUQLARINI AMALGA OSHIRILISHINI CHEKLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 - 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-oʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish belgilab qoʻyilgan.Oʻzbekiston Respublikasining Konsitutsiyasining VII-bobi Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari belgilab qoʻyilgan. Mamlakatimizda barcha fuqarolrning shaxsiy huquqlari himoyalanmoqda, rivojlanayapti, kafolatlanmoqda Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 16-22-moddalarida ham shaxsiy huquq va erkinliklar namoyon boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarda shaxsiy huquqlar himoya qilingan. Shu bilan birga Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat Kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togʻrisidagi kodeks shaxsiy huquqlarni qoʻriqlaydi.“Shaxsiy huquq bu- inson qobilyatlari,ijtimoiy hususyatlari va maxoratini erkin ravishda namoyon boʻlishiga yoʻnaltirilgan, shaxsni mustaqilligi va sogʻ-salomatligini taʼminlashga, uning ijobiy sifatlarini namoyon qilishga, davlat va jamiyat tomonidan kafolatlanadigan, qonun tomonidan tan olinadigan va fuqarolarni kelgusida yangidan vujudga keladigan yoki real mavjud, toʻlaqonli daxilsiz huquqlariga aytiladi”.“Shaxsning yashash huquqi-shaxsninig huquq va erkinliklari orasida xalqaro va milly doiradagi eng ustuvor huquqlaridan biri sanaladi. Ushbu huquqning eng asosiy va muhim shaxsiy huquq deya sharaflanishi tabiyiydir, zotan, yashash huquqi barcha boshqa huquqlarning debochasi va boshlangʻich nuqtasi hamda “huquq piramidasi”ning choʻqqisidir.”Shaxsiy huquqlarning nomoddiy harakteri iqtisodiy mazmundan maxrum holdayuzagakeladi. Bu shunibildiradiki,shaxsiy-noulkiy huquqlar baxolanishi mumkin emas,ular uchun tekinlik xosdir,ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng qiymatdagi mulkiy majburyatlarni nazarda tutmaydi. Nomulkiy neʼmatlar obyekti, bu shaxsdan ajratib boʻlmaydigan nomoddiy neʼmatlar:nom (ism), shaʼn, qadr-qimmat, sogʻlik, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxilsizlik va boshqalardir.
Qibray tuman FXDYO boʻlimi 2 toifali inspektori
Dusnazarova Mohigul Jaxongirovna.