Янгиликлар
Mobil qurilmalar orqali identifikatsiya qilish tizimi aholiga yanada qulaylik yaratmoqda.
Mobil qurilmalar orqali identifikatsiya qilish tizimi aholiga yanada qulaylik yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022-yildagi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroro ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida: 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi; Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi;
Foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Mobil-ID tizimi fuqarolarga shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bugungi kunga qadar Toshkent viloyati tizimi 24673dan ortiq fuqarolarni Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Xususan, Qibray tumani Davlar xizmatlari markazi tomonidan 3600ga yaqin fuqarolar ixtiyoriy ravishda Mobil-ID tizimiga ulangan. Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali ham mazkur tizimning afzalliklari, undan foydalanish bo’yicha huquqiy targ’ibot ishlari hamda fuqarolarni Mobil-ID tizimiga ulanishida ko‘mak berib kelmoqda.
Toshkent viloyati Qibray tumani Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi Raxmatullayeva Aziza Farxodovna