Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mamlakatimizda barcha jabhalarda boʻlgani kabi, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ham soʻngi paytda izchil islohotlar olib borilmoqda.


Mamlakatimizda barcha jabhalarda boʻlgani kabi, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ham soʻngi paytda izchil islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 541-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, unga asosan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga ham bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. Unga asosan Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yuridik va jismoniy shahslarn qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida Tizim vositasida yuborilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan real vaqt rejimida, biroq oʻttiz daqiqadan ortiq boʻlmagan muddatda identifikatsiya qilishning maxsus tekshiruvidan oʻtkazilishi va yuridik shaxslarning ustav fondi miqdorining oshirilishi (kamaytirilishi), ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarning va (yoki) maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi, qayta roʻyxatdan oʻtkazishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv va dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan taqiq qoʻyilganligi asos boʻlishi belgilab qoʻyilgan hamda hujjatlarni koʻrib chiqish va qayta ishlash ariza beruvchining xohishiga koʻra umumiy yoki tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi, hujjatlar tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun ariza beruvchidan davlat bojidan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undirilishi, agar Tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish va qayta ishlash uchun yoʻllangan hujjatlar tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilmagan taqdirda qoʻshimcha toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilishi shartligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qarorning asl mohiyati shundan iboratki, tadbirkorlik subyektlarini ortiqcha hujjatbozlik va ovoragarchiliklardan xoli boʻlgan holda qisqa muddat ichida davlat xizmatlaridan foydalanishdir.

        

Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi, boʻlim boshligʻi N.Yuldashev