Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Korrupsiya qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar


Korrupsiya qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʻnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro xamjamiyat tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil
24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati oʻzining turli koʻrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʻov boʻlmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʻlmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmogʻi rivojlanmaydi”.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda oʻz ifodasini topgan boʻlib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi;

2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;

1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida” gi Konvensiyasi;

1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupsiya uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik toʻgʻrisida” gi Konvensiyalari va boshqalar.

Oʻzbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 3-yanvardagi 419-sonli Qonuni qabul qilingan boʻlib, ushbu Qonunga koʻra Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Shulardan, Adliya vazirligi misolida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan chora tadbirlarga toʻxtaladigan boʻlsak, Adliya vazirligi mamlakatimiz davlat boshqaruv organlari orasida birinchi boʻlib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qoʻlga kiritdi,

Ushbu sertifikat vazirlik faoliyatining barcha yoʻnalishlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni koʻrish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Xoʻsh, Adliya vazirligi ushbu sertifikatni qoʻlga kiritish uchun nima ishlarni amalga oshirdi?

Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi oʻz formulasini ishlab chiqqan holda, bu masalaga nisbatan kompleks yondashdi. 2018-yilning oxirida vazirlik tomonidan 2019-yilni shartli ravishda kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurashish yili deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan ikkita muhim hujjat: kadrlar bilan ishlash va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ishlab chiqildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlarining ilgʻor tajribasi va amaliyoti ushbu dasturlar asosini tashkil etdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq va shaffof ishlashning muhim omili boʻlgan «Open Justice» (“Ochiq adliya”) tizimi tadbiq etildi. U jamoatchilikni vazirlik faoliyati haqidagi axborotlar bilan tanishtirishning yangi yondashuvi va mexanizmlarini oʻz ichiga olgan.

Shuningdek, Singapur, Fransiya, AQSH, Germaniya va Latviya tajribasi, xalqaro tashkilotlar hisobot tahlillari va tavsiyalari oʻrganildi. Ular asosida tahliliy materiallar tayyorlandi va idora dasturiga tuzatishlar kiritildi.

BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida “KPMG International” kompaniyasining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda, korrupsiyaga qarshi kompleks nazoratni joriy etish boʻyicha loyiha amalga oshirildi.

Tizimda korrupsiya huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi faktlardan xabardor qilish va aniqlangan holatlarni bartaraf etish maqsadida tashkiliy baza kuchaytirildi. Jumladan, @antikorbot Telegram-boti bilan birga “ishonch telefoni” (71) 207-04-64 va vazirlik veb-saytida (www.minjust.uz) maxsus murojaat shakli amaliyotda samarali qoʻllanilmoqda.

Bularning barchasi, fuqarolarning huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Matkarimov Faridjon Umrbek oʻgʻli

Toshkent tumani Yuridik xizmat koʻrsatish

markazi bosh yursikonsulʼti