Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xodimlarni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi tasdiqlandi


Xodimlarni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi tasdiqlandi

 

2022-yilning 2-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 424-son qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

         Mazkur nizomga asosan tashkilot rahbarining buyrugʻiga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning oʻzining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirigʻini bajarish uchun maʼlum bir muddatga yuborilishi xizmat safari xisoblanadi.

Doimiy ishi yoʻlda yoki koʻchib yurish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega boʻlgan xodimlarning xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi.

         Endilikda, xizmat safariga yuborish va uni rasmiylashtirish quyidagi 6 ta bosqichda amalga oshiriladigan boʻldi:

         1-bosqich:

         Tashkilot xodimi amalga oshiriladigan xizmat safari yuzasidan ish rejasi tayyorlash va xizmat safari ish rejasini tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsga tasdiqlash uchun kiritish;

         2-bosqich

         Tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxs xodimning xizmat safari ish rejasini oʻrgangan holda xizmat safariga chiqish asosli deb topilganda xizmat safari ish rejani tasdiqlash;

         3-bosqich

         Xodim xizmat safari ish rejasini kadrlar bilan ishlash boʻlinmasiga xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi) va mazkur nizomga muvofiq guvohnomasini rasmiylashtirish uchun topshirish;

         4-bosqich

         Kadrlar bilan ishlash boʻlinmasi oʻz navbatida:

        a)Xizmat safariga chiqish boʻyicha xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi) va guvohnomasini rasmiylashtirish;

b)Xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi) va guvohnomasini tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish;

    v)Tasdiqlangan xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi) va guvohnomasini roʻyxatdan oʻtkazish va xizmat safariga yuboriladigan xodimga berish;

g)Xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarni hisobga olish uchun mazkur nizomga muvofiq jurnalda aks ettirish.

5-bosqich

Xodim xizmat safari xarajatlari yuzasidan avans pulini olish uchun Moliya-iqtisodiyot boʻlimiga (buxgalteriyaga) murojaat qilish;

6-bosqich

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi (buxgalteriya) Xizmat safari guvohnomasida koʻrsatilgan muddatlarga muvofiq xodimga avans pulini berish.

Mazkur qaror bilan xizmat safariga yuborilgan xodimning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlangan boʻlib, unga koʻra:

xizmat safarida boʻlgan xodimga u yuborilgan tashkilotdagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli boʻladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi;

agar xodim xizmat safari davomida dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan boʻlsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kompensatsiya toʻlanadi;

agar xodim tashkilot rahbarining tegishli hujjatiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi;

xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida xodimning ishga chiqish masalasi tashkilot rahbari bilan kelishilgan holda hal qilinadi;

xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida boʻlgan muddatida va yoʻlda boʻlgan muddatda ish joyi (lavozimi), mehnatga haq toʻlash shartlari, mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimdagi xodimlar uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi;

oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga ish beruvchilarning oʻzaro kelishuvi asosida yuboriladi va uning oʻrtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Xizmat safariga bir vaqtning oʻzida ham asosiy, ham oʻrindoshlik asosidagi ishi boʻyicha xizmat safariga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

ichki oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa oʻrtacha ish haqi asosiy va oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha saqlanadi;

xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda tashkilotning ish kunlari mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga toʻgʻri keladigan soni uchun mehnatga haq toʻlovlari qayta hisoblanadi;

xizmat safari davridagi ish vaqtida, shu jumladan, xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytishda yoʻlda boʻlgan davrlarda xodimning mehnatga layoqatliligini yoʻqotishi yoki vafot etganligi munosabati bilan kompensatsiya toʻlovlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq 2022-yilning 2-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 424-son qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisida”gi nizom talablariga rioya qilinmasligi oqibatida mehnat huquqlari buzilgan xodimlar oʻz huquqlarini tiklashni soʻrab, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat huquq mehnat inspektorlariga, prokuraturaga va xududiy adliya boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Toshkent tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulʼti

Faridjon Matkarimov