Янгиликлар
FUQAROLAR MAXSUS PLANSHETLAR ORQALI VAQTINCHA TURGAN JOYI BO‘YICHA RO‘YXATGA OLINADI
FUQAROLAR MAXSUS PLANSHETLAR ORQALI VAQTINCHA TURGAN JOYI BO‘YICHA RO‘YXATGA OLINADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 2022 yil 27 oktyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 622-son qarori qabul qilindi
Qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ichki ishlar organlari tayanch punktlari va mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika inspektorlari tomonidan maxsus planshet qurilmalar orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyati 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda o‘z xohishiga ko‘ra,
Qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga;
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga;
Davlat xizmatlari markazlariga;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) elektron portaliga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi Sh.Malikov