Янгиликлар
BOLALARNING MUROJAAT QILISh HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.
BOLALARNING MUROJAAT QILISh HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.
Milliy qonunchiligimizda voyaga yetmagan bolalar huquqlari kafolatlar alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu borada bolalarning davlat tashkilotlari va organlariga murojaat qilish huquqi mavjudligini alohida qayd etish lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 241-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilangan.
Qonuga ko‘ra voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga ushbu Qonunda belgilangan tartibda mustaqil ravishda murojaat berishga haqli. Davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning murojaatlarini ko‘rib chiqish uning qonuniy vakillari, shuningdek vasiylik va homiylik organlari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslar to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ularning murojaatlarini ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Murojaatda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari murojaatni tegishli davlat organiga, boshqa tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yoxud vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart.
Bekobod shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i X.Bibayev