Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

FUQAROLARGA, SHUNINGDEK INOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PENSIYA TAYINLASH TARTIBLARI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI


 

FUQAROLARGA, SHUNINGDEK INOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PENSIYA TAYINLASH TARTIBLARI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI

 

         O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 26 oktyabrdagi O‘RQ–795-son “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi

 Qonunga ko‘ra, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda oxirgi ish joyidan qat'i nazar, belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

 Qonunga muvofiq, o‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 Hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha belgilanadi. Bunda ularning pensiyasiga ustama to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

Bekobod shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                 X.Bibayev