Янгиликлар
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI HIMOYaSI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI HIMOYaSI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.
2019 yil 2 sentyabrda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun ayollarni uyda, ish joyida, ta'lim muassasalarida zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda bir qator tushunchalar, «jinsiy zo‘ravonlik», «jismoniy zo‘ravonlik», «iqtisodiy zo‘ravonlik», «ruhiy zo‘ravonlik» «zo‘ravonlik», «tazyiq» kabi tushunchalarga keng ta'rif berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi «Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5116 sonli qarori bilan 1 ta Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha Respublika markazi, 14 ta hududiy markazlar va 14 ta namunali tumanlararo markazlari hamda zo‘ravonlik qurbonlari murojaat qilishi mumkin bo‘lgan 1146 qisqa raqamli «Call-center» tashkil etildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturlari to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan huquqiy va ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 360 nafar inspektorlar shtat birligi joriy etildi.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi F.МАМАТОВ