Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

DIREKTOR JAMG‘ARMASIDAN FAQAT O‘QITUVChILARNI RAG‘BATLANTIRISh UChUN FOYDALANILADI.


DIREKTOR JAMG‘ARMASIDAN FAQAT O‘QITUVChILARNI RAG‘BATLANTIRISh UChUN FOYDALANILADI.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra barcha davlat maktablarida direktor jamg‘armasi tashkil etiladi.

 Direktor jamg‘armasi mablag‘lari faqat o‘qituvchilarga ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi.

 Ustamalar bilan maktabning o‘quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

 Maktab xodimlariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirishlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlar maktab huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.

 Bunda xalq ta'limi bo‘limlarining maktablar huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi                xodimi       F.Маматов