Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

IMPORT BOJXONA BOJINING NOL STAVKASI BELGILANGAN MAHSULOTLAR RO’YXATI KENGAYTIRILDI


IMPORT BOJXONA BOJINING NOL STAVKASI BELGILANGAN MAHSULOTLAR RO’YXATI KENGAYTIRILDI

Hozirgi kunda Respublikamizda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yil 31-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son Farmoni qabul qilingandi. Farmondan maqsad qilib Respublika aholisining alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari sun’iy va asossiz oshirilishining oldini olish, shuningdek, tarif va notarif tartibga solish vositalarini keng qo‘llash hisobiga ularning inflatsiya darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish belgilangandi.

Mazkur Farmon bilan ayrim turdagi mahsulotlarni Respublika hududiga olib kirishdagi bojxona tarif stavkalari olib tashlangan bo’lsa, ayrim mahsulotlarni O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish ta’qiqlab qo’yildi. Jumladan, Yangi, sovutilgan, muzlatilgan yirik shoxli qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, xachirlarning iste’mol qilinadigan submahsulotlari, Baliq, Shakar yoxud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan quyultirilgan sut va qaymoqlar, Qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva; kofe qobig‘i va qahva donalarining qobig‘i, har qanday nisbatdagi qahvani o‘z ichiga olgan qahva o‘rnini bosuvchilari va shunga o’xshash jami bo’lib 22-turdagi mahsulotlarga import bojxona bojining nol stavkasi belgilangandi. Shuningdek, o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘ini Respublika hududidan olib chiqib ketish vaqtincha cheklangandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-noyabrdagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-251 sonli Farmoni bilan 2022-yil 31-maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o’zgartirishga ko’ra, Farmonning ijro muddati uzaytirildi, ya’ni 2022-yilning 1-mayidan “2023-yilning 1-yanvariga qadar” degan jumla “2023-yilning 1-iyuliga qadar” degan jumla bilan almashtirildi. Shuningdek, Farmonning 1-ilovasi “Bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni” degan mazmundagi 23-pozitsiya bilan to’ldirildi.

Ushbu Farmonlarning chiqarilishidan maqsad jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish hisoblanadi.

 

Parkent tumani adliya bo’limi yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh

yuriskonsulti D.P.Tojiboyev