Янгиликлар
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma olish tartibi qanday va qaysi normativ huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi?
1.Ariza beruvchi DXMga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi;
2.Ariza beruvchi ariza to‘ldiradi va hujjatlarni ilova qiladi;
3.DXM yoki YAIDXP arizani hujjatlar bilan Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboradi;
4.Davlat geologiya qo‘mitasi yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulashning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va gidrogeologiya korxonalariga yuboradi;
5.Gidrogeologiya korxonalari tanlangan yer maydoni va taklif etilgan quduq konstruksiyasini o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijasida tegishli xulosalar asosida ma’lumot tayyorlab, Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboradi;
6. Davlat geologiya qo‘mitasi ma’lumot asosida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi, ERI bilan tasdiqlaydi hamda DXMga yoki ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.
Ushbu davlat xizmati 6 ish kuni mobaynida ko‘rsatiladi va BHMning 27% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 30%) miqdorda to‘lov undiriladi.
Parkent DXM bo‘lim boshlig‘i F.Primov