Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yoshlarni oilaga tayerlash


Yoshlarni oilaga tayerlash

Yoshlarni oilaga tayyorlash, ularga nikohning muqaddasligini tushuntirish, oila jamiyatning boʻgʻini, poydevori ekanligini uqtirish, nikohlanuvchi yoshlarga koʻpni koʻrgan, hayotiy tajribaga ega boʻlgan piru badavlat nuroniylar, tibbiyot, maʼnaviyat, taʼlim sohasi va yana bir qator hamkor tashkilotlar navbati bilan fikr-mulohazalarini bildirishyapti, psixologlar turli trenglar oʻtkazishyapti. Barcha soha vakillarining maqsadi bir-bunyod boʻlayotgan oilalarning mustahkam va saodatli oila qurishiga qaratilgan. Bugun eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, nikohlanuvchi yoshlar orasida qanchalab tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bormaylik, bot-bot boʻlsa-da, arzimagan sabablar bilan oilani parkonada qilayotgan, ajrimlarga yuz tuttayotgan yosh oilalar soni koʻpayib bormoqda. Birigina misolni keltirib oʻtaman.

Bugun telefon ortidan yuz berayotgan koʻngilsizliklar. yosh kelin-kuyovlarning bir-birlarini tushunmay, muqaddas oilani barbod qilayotgani achinarli hol. Shu oʻrinda yosh katta, hayotiy tajribaga ega boʻlgan onaxonu otaxonlardan iltimos qilardikki, farzandalari tarbiyasiga eʼtiborli boʻlib, ularni. hayot yoʻllarida qoʻllaridan tutib yuborib, toʻgʻri yoʻlga solsalar, oilalarda ajrimlar, koʻngilsizliklar kamaygan boʻlardi. Yoshlarku, oilani barbord qilib, bir-birlariga egilgisi yoʻq, lekin oʻrtadagi norasida farzandlar-chi, ularning taqdiriga kim javob beradi. Otasiz voyaga yetayotgan oʻgʻil, onasiz tarbiya topayotgan qiz, kelajakda ota-onasiz oʻsgan farzandlar oʻzlari qanday ota-ona boʻladi, oila tutishni kimdan oʻrganadi. Ana sizga javobi yoʻq savollar. Oila markazida nikohlanuvchi yoshlarning oʻquv mashgʻulotlari davomida oilalarning barqarorligi, maʼnaviy muhitning sofligida, sogʻlom farzandlarni dunyoga keltirishda barpo etilayotgan oila masʼuliyati faqat kelin-kuyovning emas, balki har birimizning muhim vazifalarimizdan ekanligini unutmasak, yosh oilalarni oʻz vaqtida qoʻllab yuborsak, oilalardagi tushunmovchiliklarga barham bergan boʻlamiz, bu degani, ajrimlar soni kamayib boradi, deganidir.Bizning mehri daryo, oilaparvar xalqimizga ajrimlar yarashmaydi.                                                                           

 

 

Parkent tumani 2-son FXDE bulimi mudirasi                                                       S.U.Axrolova