Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi


 

“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 29-noyabr kunidagi №681-sonli qarori bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni va “Oʻz kasbining ustasi” belgisi taʼsis etildi

 

Qarorga koʻra:

 

➖“Mohir aloqachi” koʻkrak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar;

 

➖ “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feldyeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

 

➖Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar koʻkrak nishoni hamda “Oʻz kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1-aprelgacha vazirlikka taqdim etadi.

 

➖Koʻkrak nishoni hamda “Oʻz kasbining ustasi” belgisi har yili 7-may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi.

 

Taqdirlanganlarga BHMning toʻrt yarim baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

➖ Mazkur koʻkrak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.

 

Parkent tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                                M.M.Payziyev.