Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ko`chmas mulkni davlat ro`yxtidan o`tkazishning yangi tartibi o`rnatilmoqda


Ko`chmas mulkni davlat ro`yxtidan o`tkazishning yangi tartibi o`rnatilmoqda

 

Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mol-mulk turlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, ko‘chmas mol-mulk o‘zining qiymati va shaxslar uchun zaruriyati va ahamiyati jihatidan boshqa molmulklarga qaraganda qadrliroq va “suyanish” mumkin bo‘lgan mulkiy asos vazifasini bajaradi. Ta’kidlash lozimki, bugungi jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘chmas mol-mulklar va ular bilan bog‘liq ipoteka kreditlari sohasidagi qonuniyatlarning buzilishi ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat natijasida butun jahonda bank moliya tizimidagi inqiroz vujudga kelishi oqibatida ko‘chmas mol-mulklarning bahosi pasayishi kuzatildi. Biroq bu holatlar ko‘chmas mol-mulkning shaxslar uchun ahamiyati va qadrini tushirishga olib kelmasligi barchaga ayon haqiqatdir. Shu sababli ko‘chmas mol-mulklarni sotish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalarni o‘rganishning dolzarbligi bugungi kunda ortib bormoqda

         Joriy yilning 28-noyabr kuni Prezitent tomonidan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 803-sonli Qonun imzolandi.

Ushbu qonun koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

Ø yer uchastkalariga;

Ø binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;

Ø koʻp yillik dov-daraxtlarga;

Ø mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:

·        mulk huquqi;

·        doimiy egalik qilish huquqi;

·        doimiy foydalanish huquqi;

·        meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

·        ijara huquqi;

·        ikkilamchi ijara huquqi;

·        xoʻjalik yuritish huquqi;

·        operativ boshqarish huquqi;

·        koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;

·        bepul foydalanish huquqi;

·        renta;

·        ipoteka;

·        servitut;

·        koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga qoʻyilgan cheklovlar.

Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

ü yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);

ü binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

ü belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

ü koʻchmas mulkning boʻlinganligi;

ü koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.

Davlat reyestri koʻchmas mulk, unga boʻlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar toʻplamidan iboratdir.

         Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i