Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma PASPORTI


Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

PASPORTI

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma oluvchilar yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi) hisoblanadi. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi etib belgilangan. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravar xisoblanadi. Arizani koʻrib chiqish muddati 15 ish kuni hisoblanadi.

Tasdiqnomaning amal qilish muddati

a) ish beruvchilarga tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — mehnat shartnomalari amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga;

b) boshqa chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.

Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu Pasport qoidalari quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha boʻlgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar taʼsischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha boʻlgan muddatda;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arboblariga;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining chet ellik mutaxassislariga;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxslarga.

mehnat faoliyatini xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda olib boruvchi xodimlarga (ushbu toifadagi faoliyat uchun tasdiqnoma talab etilmaydi).

 

Angren shahar Adliya boʻlimi

Davlat xizmatlari markazi direktori Gʻ.Axmedov.