Янгиликлар
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish.
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida» 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-son Farmoni ijrosini taʼminlash tartibini belgilaydi
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish,
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish.
Yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tegishli boʻlgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibini belgilaydi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga kiritiladigan oʻzgartirishlarning yakuniy natijasi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
Bino va inshootning hajmi va maydonini oʻzgartirmasdan turib koʻcha (koʻchalar)dan koʻrinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (sokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va oʻlchamlari oʻzgartirilishiga tatbiq etiladi.
Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish boʻyicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral koʻchalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qatʼi nazar kelishish talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi boʻlmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirgandan soʻng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirish taqiqlanadi.
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tuman (shahar) qurilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bilan kelishiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasidagi axborot almashuv elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini vakolatli organning ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqishi davomida, zaruratga koʻra, koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Vakolatli organ joyiga borib bino va inshootni oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hudud va ular yaqinidagi bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilganini (loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan va tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazmasdan turib qurilganini, obyektning loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini buzgan holda qurish va rekonstruksiya qilingani) aniqlash maqsadida, bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazish hamda ariza beruvchi soʻrovnomasida, shuningdek, bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud boʻlsa), fasad va kadastr pasporti nusxasida berilgan maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
Quyidagilar bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni oʻzgarganligi;
bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
bino va inshootga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
loyiha tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishi nazarda tutilganligi;
bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;
bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi boʻlmasa;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, takroran kelishish soʻrovnoma takroran tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Vakolatli organ bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishgan kunning oʻzida QR-kod qoʻyilgan bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kelishilganligi haqidagi xulosani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YAIDXP orqali yuboradi.
Angren shaxar Davlat xizmatlari markazi server menejer F.A. Xodjamberdiyeva