Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi Yoʻllanmalar quyidagi toi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qaroriga asosan
2022-yil 1-iyuldan Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obʻyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar; I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar; yoshga doir pensiya oluvchilar.
Sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yaniy (my.gov.uz) orqali ariza berishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlariga keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻzlari yoki vakillari kelgan holda ariza berishlari mumkin va huddi shunday elektron tizim orqali yoʻllanmalar rasmiylashtirilgandan keyin Davlat xizmatlari markazlariga keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻzlari yoki vakillari kelib, yoʻllanmalarning elektron yoki qogʻoz shaklidagi nusxalarini olishi ketishlari mumkin boʻladi.
Yoʻllanmalar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga koʻra qaytarilgan yoʻllanmalar bundan mustasno) beriladi.
Yoʻllanmalar faqat ularda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi.
Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.
Maʻlumot oʻrnida taʻkidlash lozimki, bugungi kunda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimida 11 ta sanatoriy mavjud boʻlib, ularning bir yillik sogʻlomlashtirish quvvati 45 ming nafar fuqaroni tashkil qiladi. 2024-yilga qadar esa yana har biri 100 oʻringa moʻljallangan 4 ta sanatoriy qurish koʻzda tutilgan.
Toshkent shahrida navbatga olingan fuqarolar uchun “Nuroniylar” sanatoriysi, “Tovoqsoy” sanatoriysi, “Marjon suvi” sanatoriysi, “Oltiariq” sanatoriysi va “Kosonsoy” va boshqa sanatoriyalar shu qatorda umumiy miqdorda 11 ta sanatoriya xizmat koʻrsatadi.
Angren shahar Davlat xizmatlari
markazi katta mutaxassis
Shomizailxonov Sobitxon Shuhratxon oʻgʻli