Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

NOGIRONLIGI BULGAN YoSHLARGA OʻQISH, YASHASh VA TRANSPORT XARAJATLARIDA YANA BIR IMKONIYAT


NOGIRONLIGI BULGAN YoSHLARGA OʻQISH, YASHASh VA TRANSPORT XARAJATLARIDA YANA BIR IMKONIYAT

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 22-iyunda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoyi qoʻllab quvvatlash boʻyicha davlat davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiklash toʻgʻrisida”gi 341-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarorining 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratish belgilandi.
            Shunga koʻra, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilashi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtib:

1)-Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash, transport xarajatlarini koplash uchun subsidiya ajratish;

2)- Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish boʻyicha murojjat etishi mumkin.

Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish,yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun va nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi- Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari xisobidan nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-xunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakillantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlar va xorijiy tillarni oʻrganish, zarur xollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash xamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi. Subsidiya xar yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha 500 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga ajratiladi va joriy yil uchun ariza berish jarayoni vaqtincha toʻxtatiladi.

Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza tegishli 3 ish kuni , asbob-uskunalar va mexnat qurollari xarid qilishga subsidiya ajratish arizasi 12 ish kuni, oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish buyicha ariza esa 15 ish kunida kurib chikilib ariza berish bepul amalga oshiriladi.

Angren Shaxar Adliya bulimiga qarashli

Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

III-darajali yurist Nazarova Nargiza Qadambayevna.