Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi


Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

 

Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan tasdiqlangan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

 

▫️xalqaro toifali sport hakami;

▫️milliy toifali sport hakami;

▫️birinchi toifali sport hakami;

▫️ikkinchi toifali sport hakami;

▫️uchinchi toifali sport hakami;

▫️sport boʻyicha hakam.

 

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

 

                                  Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova