Янгиликлар
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloq qoidalari
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloq qoidalari
Xabaringiz boʻlsa joriy yilning 10-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 595-son qaroriga asosan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari qabul qilindi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
Davlat xizmatchilari oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart: qonuniylik, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini toʻliq bajarish, ijro intizomiga qatʼiy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish va qarshi kurashish, xizmat sirini qatʼiy saqlash, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik.
Aytish lozimki, asosan kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari davlat xizmatchisi fuqaro bilan muomala qilayotganda, xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari davlat xizmatchisi oʻz xizmat vazifasini bajarishi va xamkasblari bilan muloqot qilayotganda va xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari davlat xizmatchisining ishdan boʻsh boʻsh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari tushuniladi.
Taʼkidlash joizki, Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarida lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilari inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari tomonidan mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qoʻydirgan holda tanishtiriladi.
Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi davlat organlari va tashkilotlari rahbarining koʻrsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Ohangaron tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi A.Xakimov