Янгиликлар
Xorijiy harbiy xarakatlarda qatnashish taqiqlanadi.
Xorijiy harbiy xarakatlarda qatnashish taqiqlanadi.
(Urush – jahannam darvozasi (epigraf)).
Bugun biz notinch, taxlikali hamda qudratli mamlakatlar gegamonlikka intilayotgan zamonda yashamoqdamiz. Eʼtibor bersangiz ayrim mamlakatlarda urush boʻlmoqda, qaysidir mamlakatda isyon va yana boshqalarining chegaralarida otishmalar.
Soʻngi paytlarda ikki davlat oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuvlar va uning natijasida koʻrilgan talofatlar, mamlakatdagi isyonlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib borilmoqda.
Bu oʻz oʻrnida fuqarolarimizni hushyorlikka chaqirib, urush nomli baloni oldini olish, urush keltirib chiqaradigan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va ruhiy oqibatlarni fuqarolarga tushuntirishda xizmat qilmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Biz umuminsoniy qadriyatlarga qurilgan yurtda yashar ekanmiz, nafaqat oʻzimizning balki boshqalarning ham tinch, farovon hayot kechirishlariga xalal bermasligimiz lozim.
Mamlakatimizda inson hayoti va salomatligini muhofaza qilish konstitutsiya va qonunlarimizda mustahkamlab qoʻyilgan. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qabul qilingan boʻlib, mazkur Kodeksda fuqarolar nafaqat Oʻzbekistonda balki chet elda sodir etgan ayrim turdagi jinoyatlari uchun ham javob beradilar.
Xususan, Jinoyat kodeksining 154-moddasiga koʻra, Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish — yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, - deb belgilangan.
Shunindek, Jinoyat kodeksining 1541-moddasida: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, - deb koʻrsatib oʻtilgan.
Xulosa oʻrida aytishimiz mumkinki, qayerda boʻlsa ham begunoh insonlarning qonini toʻkish, diniy va qonuniy jixatdan qoralanadi. Shunday ekan, oʻzga yurtlarda harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda qatnashmang.
Ohangaron tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi A.Xakimov