Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Umumta’lim maktablarida pedagog,psixolog va kutubxona xodimlariga ustama, mukofot va moddiy yordam qanday tartibda belgilanadi.


Umumta’lim maktablarida pedagog,psixolog va kutubxona xodimlariga ustama, mukofot va moddiy yordam qanday tartibda belgilanadi.

Umumta’lim maktablarida pedagog,psixolog va kutubxona xodimlariga ustama, mukofot va moddiy yordam berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 sentabr 2019 yildagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruh umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.Umumta’lim muassasalari pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar har yili 1-iyulga qadar belgilanadi va o‘quv yilining yarim yillik yakunlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.Pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanadi.

Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

        Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

    Ohangaron tuman Adliya bo’limi yuridik

   хizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti:                         

                                                                          Sa’dullayev Adxam Turgunovich