Янгиликлар
Oʻrta tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda yangi tartib oʻrnatildi.
Oʻrta tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda yangi tartib oʻrnatildi.
Yuqori malakaga ega boʻlgan kadlarni jalb qilish, ishga qabul qilishda shaffoflikni taʼminlash orqali korrupsion tizimiga chek qoʻyish, talabgor fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratgan xolda saralab olish mexanizmini yanada takomillashtirish, xamda ish beruvchining mustaqilligi va javobgarligini kuchaytirish orqali ish samaradorligi oshirish maqasadida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2022-yil 28-fevral kuni 40-a sonli buyrugʻi qabul qilingan.
Ushbu buyruq bilan Sogʻliqni saqlash boshqarmasi viloyat tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining oʻrta tibbiyot xodimlari (hamshira, feldsher, akusher (doya), farmatsevtlarni bshga qabul qilishning ochiq va shaffof tizimini yaratish maqsadida tizimdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda oʻrta tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish, hamda xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazish tashkilotlarda tashkil etilgan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Oliy taʼlim muassasalarni “Oliy xamshiralik ishi” yoʻnalishini tamomlab, tizimdagi davolash-profilaktika muassasalarining oʻrta tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan lavozimlarga kirish maqsadida tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar ustunlikka ega boʻladi va ular muassasalarning ixtiyojidan kelib chiqib, tanlovsiz ishga qabul qilinishlari mumkin.
Oʻrta tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan boʻsh ish oʻrinlari va tanlov oʻtkazish muddatlari xaqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining internet tarmogʻidagi rasmiy sayti (https:ssv/vacancy) va sogʻliqni salash boshqarmasining rasmiy saytida boʻsh ish oʻrinlari uchun tanlov elon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar vazirlikning va boshqarmaning rasmiy saytida oʻzlarining maʼlumotlarini onlayn tarzda joylashtiradi. Shundan soʻng, muassasalarning kadrlar boʻyicha masʼul xodimlari tomonidan nomzodlarning xujjatlari oʻrganib chiqilib, davriyligi boʻyicha navbati kelgan nomzodlar tanlov komissiyasi suxbatiga chaqirtiriladi. Navbati kelmagan nomzodlarni tanlovga chaqiritirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tanlov komissiyasi tomonimdan berilgan barcha savol javoblar bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi, xamda natijalariga koʻra tanlovdan muvafaqqiyatli oʻtgan nomzod muassasa raxbarining buyrugʻiga asosan lavozimiga tayinlanadi.
Tanlovni ochiq va shaffofligini taʼminlash, turli xil ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish maqsadida, komissiya tomonidan suxbat jarayoni videotasvirga olinishi mumkin.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Urazova Charos Ashuraliyevna