Янгиликлар
FXDY DAVLAT BOJI
FXDY DAVLAT BOJI
O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to`g`risida”gi 600-sonli Qonunining Davlat boji stavkalarining miqdorlari to`g`risidagi Ilovaning 5-bandida Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun davlat boji miqdorlari ko`rsatib o`tilgan.
Jumladan, nikohni qayd etganlik uchun Bazaviy hisoblash miqdorining (keying o`rinlarda BHM deb yuritiladi) 20 foizi (BHM – 270 000 so`m) miqdorida, fuqarolar tomonidan familiya, ism, otasining ismi o‘zgartirilganligi uchun 16 yoshdan 18 yoshgacha BHMning 50 foizi, 18 yoshdan katta fuqarolar BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji hisoblanadi.
Shuningdek, tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lim haqidagi yozuvlar o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun BHMning 15 foizi miqdorida davlat boji to`lanishi lozim.
Yuqoridagilarga ko`ra, FXDYO tomonidan xizmat ko`rsatganligi uchun fuqarolar davlat boji to`lashadi. Biroq, ko`rsatiladigan xizmatlarning hammasi uchun ham davlat boji undirilmaydi.
“Davlat boji to`g`risida”gi Qonunning 12-moddasiga ko`ra, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) xalq ta’limi organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o‘quv yurtlariga yuborish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;
2) jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‘zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;
3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;
4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
5) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
Davlat boji to`lash lozim bo`lmagan hollarda ham Sizdan “falon” so`m bo`ldi desa indamay to`lab ketavermang. Ishonch telefoniga qo`ng`iroq qiling va o`z huquqingiz uchun kurashing.
Ohangaron tumani FHDY
bo`limi mudirasi v.v.b Allakulova Saboxat Mirpulatovna