Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Professional va sifatli yuridik xizmat ko’rsatilmoqda…


Professional va sifatli yuridik xizmat ko’rsatilmoqda…

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori asosida tashkil etilgan Yuridik xizmat ko’rsatish Markazlari tomonidan 2021 yilning oktyabr oyidan boshlab respublikamizning barcha shahar va tumanlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatib kelinmoqda. Yuridik xizmat ko’rsatish Markazlari tomonidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar ya’ni bir qancha qonun buzilish holatlari oldi olinganligi hamda davlat organlari va tashkilotlarida huquqni bir xil qo’llash amaliyoti shakllantirilganligi, rahbar va kadrlar faoliyatiga oid huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berib borilganligi, shuningdek, huquqiy normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yoritib berish bo’yicha o’tkazilgan targ’ibotlari o’z ijobiy samarasini berdi.

Joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-173-son qarori qabul qilinganligi fikrimiz dalilidir. Ushbu qarorda yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlariga ham 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko’rsatish Markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.

O’tgan yilning oktyabr oyidan buyon Ohangaron tumanida ham Yuridik xizmat ko‘rsatish Markazi o’z faoliyatini besh nafar xodimi, kuchli tajriba va malakaga ega bo’lgan yuristlar tomonidan olib bormoqda. Markaz tomonidan shu kunga qadar tuman moliya bo‘limi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tuman irrigatsiya bo‘limi, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko’rsatib kelinmoqda. Ayni shu keltirib o’tganimiz yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari safi bugunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-173-son qaroriga muvofiq kengayadi.

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab bosqichma-bosqich tuman Yuridik xizmat ko’rsatish Markazi tomonidan

-                 tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

-                 tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

-                 tuman turizm va madaniy meros bo‘limi;

-                 tuman sportni rivojlantirish bo‘limi;

-                 tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi;

-                 tuman davlat soliq inspeksiyasi;

-                 tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

-                 tuman davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

-                 tuman davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

-                 tuman davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham qamrab olinib, ularning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida har tomonlama va samarali himoya qilinishi ta’minlanadi.

Yuridik xizmat ko’rsatish Markazi “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Hujjat loyihalarining bunday almashinuvi tashkilot xodimlarining ortiqcha vaqt sarflashi va qog’ozbozlik holatlaridan qutqaradi. Markaz tomonidan tashkilot mas’ul hodimlariga hujjat loyihalari bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tushuncha berishlari, tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi.

Markaz faoliyatini olib boruvchi bosh yuriskonsultlar hamda markaz boshlig’i hududiy adliya organlari birinchi rahbarlarining buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Ya’ni Markaz hamda xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari o’rtasida bo’ysunuvning mavjud emasligi, yuridik xizmat ko’rsatishda qonun ustuvorligi va shaffofligini ta’minlashda hamda korruptsion holatlar oldi olinishiga xizmat qiladi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlari, jumladan ishga qabul qilinishi, qo’shimcha ish hajmi belgilanganligi va bunga mutanosib ravishda haq to’lanishi, mehnat ta’tili, ish vaqtining qisqartirilishi, moddiy yordamlar ajratilishi, jamoa shartnomasida belgilangan imtiyozlardan foydalanish holatlari buzulishi oldi olinishi ta’minlanadi. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki yuqorida keltirib o’tilgan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markaz bilan kelishmagan, ya’ni huquqiy eskpirtizadan o’tkazmasdan qabul qilgan har qanday yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

 

 

 

                                                  Ohangaron tuman yuridik xizmat ko`rsatish Markazi.
                                    bosh yuriskonsulti

                                Aktamova Sitora Ótkir qizi
                                                                                                                                     18.05.2022.