Янгиликлар
Jamiyatda yuridik xizmat xodimlarining roli
Jamiyatda yuridik xizmat xodimlarining roli
Mamlakatimizda kuchli huquqiy davlat barpo etishda, qonun va adolat ustivorligiga erishishda yuridik xizmat muxim rol oʻynaydi. Yuridik xizmat koʻmagida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati yuksaltirib boriladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun ustivorligi taʼminlanadi.
Mamlakatimizda davlat organlari faoliyatida qonun ustivorligi va qonuniylikni taʼminlashda yuridik xizmat rolini oshirishga aloxida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumki, betob odam shifokorga shoshadi. Muammoga duch kelganda esa huquqshunos maslaxatiga oshiqadi. Bu anʼana qadimdanoq shakllangan. Muammoli xolatlar asosan qozilar yordamida hal etilgan. Xorijda urf boʻlgan bir jumlani yodga olaylik: “Men advokatim ishtrokisiz biron soʻz xam demayman ” Nega shunday, degan savolga quyidagicha javob beramiz: “Huquqshunos qonun tilining, ilmining egasi. Belgilangan meʼyorlar asosida ish yuritadi xamda undan chetga chiqmaydi. Xar bir ishni qonun doirasida hal etadi”. Huquqshunoslar yordamiga boʻlgan talabning ortib borayotgani mazkur soxani yanada takomillashtirishga zarurat yaratdi. Jumladan, mamlakatimizda bu borada tub isloxotlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini islox qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonda davlat organlarida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish vazifasi qoʻyilgan.
Davlatimiz raxbari tomonidan imzolangan 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror bu borada muxim qadam boʻldi.
Ushbu qaror qabul qilinganiga qadar yuridik xizmatlarni tashkil etishning yagona tartibi, ularning birliklarini belgilashning aniq meʼyor va mezonilari yoʻq edi.
Qaror bilan endilikda shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan ularning xududiy tuzilmalarida Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan minimal meʼyor va mezonlarga asosan majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etilmoqda. Mazkur xizmatning shtat birliklari qisqartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari lavozimiga majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishilgan xolda tayinlanadilar va ozod qilinadi.
Ushbu tartib “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organi bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida” Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu qarorda yuridik xizmat xodimlariga xam adliya organlari belgilangan martaba darajasi beriladi, koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar toʻlash tartibi tadbiq etiladi.
Eng asosiysi, xodim boshqa ishga utganda xam uning mehnat staji martaba darajasi va koʻp yillik xizmat ustamalarini toʻlash uchun moʻljallangan mehnat staji xisobga olinadi.
Qaror bilan yuridik xizmatga yana bir muxim vazifa yuklatildi. Yaʼni, davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari , ularning mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlar majburiy tartibda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan xam koʻrib chiqilishi tartibi belgilandi.
Yuridik xizmatga qoʻyilayotgan bunday maʼsuliyatli vazifalarning toʻlaqonli bajarilishi qonun ustivorligi taʼminlanishiga xizmat qiladi.
Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash, xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va malakasini oshirish boʻyicha maxsus organ etib belgilandi.
Mamlakamizda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligining kuchaytirilishi tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashda muxim axamiyatni kasb etadi. Zero qonun ustivor, adolat barqaror boʻlgan jamiyatda odamlar yuksak orzu niyatlarda yashaydi, taraqqiyot bardavom boʻladi.
Olmaliq shahar adliya
boʻlimi davlat xizmatlar
markazi direktori K.T.Xalkuziyev