Янгиликлар
Eksterritorial tamoyil fuqarolarga juda katta qulaylik hisoblanadi. Ushbu tamoyilga oʻtish jarayoni, dastavval, 2019-yil 15-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish chora
Eksterritorial tamoyil fuqarolarga juda katta qulaylik hisoblanadi. Ushbu tamoyilga oʻtish jarayoni, dastavval, 2019-yil 15-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi 4193-qarori qabul qilinishi bilan boshlanib, shu yilning oʻzidayoq aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida ilk qadamlar tashlangan
Endilikda FHDYO organlari faoliyatida ham eksterritorial tamoyilning joriy etilishi fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili (joylashgan yeri)dan qatʼi nazar, istalgan hududdagi FHDYO idoralariga murojaat qilish imkoniyati yaratilganligini anglatadi. Zero, bu aholiga FHDYO organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilashga va osonlashtirishga xizmat qiladi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-iyunidan etiboran fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilmokda. Aytish kerakki, notarial xizmatlarni amalga oshirish jarayonida ham fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralari tomonidan davlat xizmatlari agentligi yoxud FHDYO organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab etmasdan, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborat tizimi orqali olinmokda.
Bunda FHDYO organlari yuqorida nazarda tutilgan hujjatlarga zarurat tugʻilganda masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda tegishli “Elektron hukumat” tizimiidoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oinmokda. Ushbu hujjat va maʼlumotlarning aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Farmonning 9-bandida 2021-yil 1-iyundan eʼtiboran FHDYO organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilingan. Bunda davlat statistika organlari “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga oʻzlarining elektron tizimlarini integratsiya qilgan holda ushbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida olmokda va statistik maʼlumotlarni shakllantirmokda
FHDYO organlarida ish yuritishni yanada takomillashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishda qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi zimmasiga qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan. Bunda:
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni fuqarolarning yashash joyidan qatʼi nazar istalgan FHDYO organida qayd etishni yoʻlga qoʻyilgan
nikohni qayd etish muddatini qisqartirishga olib keladigan uzrli sabablarning aniq va tugal roʻyxatini belgilangan;
FHDYO organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish boʻyicha fuqarolardan arizalarni elektron tartibda qabul qilishni yoʻlga qoʻyilgan hamda “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritilgan;
FHDYO organlari tomonidan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish, familiya, ism va otasining ismini oʻzgartirish, otalik, farzandlikka olish, nikohdan ajralganlik holatlarda dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirish kiritish haqidagi xabarnomalarni FHDYO arxiviga faqat elektron shaklda yuborish tartibini oʻrnatilgan;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali qayd qilinayotganligi asosida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini bir nusxada rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyilgan;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Davlat statistika organlariga idoralararo elektron hamkorlik asosida elektron shaklda yuborilmokda;
FHDYO organlari oʻrtasidagi barcha yozishmalar, jumladan soʻrovnoma va xabarnomalarni elektron shaklda “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali amalga oshirish tartibini joriy etilgan;
nikohga kirish va nikohdan ajratish haqida ariza kelib tushganda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimlarini elektron tizim orqali xabardor qilish tartibini joriy etilgan;
FHDYO organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar va undirilgan toʻlovlar boʻyicha fuqarolarga SMS xabar berish tartibini tatbiq etish chora-tadbirlari qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4193-qarori va 6191-farmonida oʻrnatilgan FHDYO organlari faoliyatining yangi tashkiliy-huquqiy tartib taomillari fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarishda, ularning elektron xizmatlardan keng foydalanishini ragʻbatlantirishda va idoralararo integratsiyani kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi.
Shunday qilib, FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi hamda tartiblarini oʻrnatishda, avvalo xalq manfaatlarining tobora hisobga olib borilishi fuqarolar va davlat oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni ijobiy tarzda hal boʻlishiga katta hissa qoʻshadi.
Olmaliq shahar Adliya boʻlimi FHDYO boʻlimi mudirasi M.Axmedova