Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

DALOLATNOMA YOZUVLARINI OʻZGARTIRISH, TUZATISH, TOʻLDIRISH.


DALOLATNOMA YOZUVLARINI OʻZGARTIRISH, TUZATISH, TOʻLDIRISH.

Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud boʻlganda va manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlsa, FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tegishli dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizasiga koʻra, buning aksi boʻlgan hollarda ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Bunday jarayon konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ular ota-onasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

FXDYO organining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

«Davlat tili haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy anʼanalarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi boʻlganda;

- otalik belgilanganda;

- farzandlikka olinganda;

- ota-onaning oʻzaro kelishuviga koʻra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga koʻra voyaga yetmagan bolaning familiyasi oʻzgartirilganda;

- millati oʻzgartirilganda;

- nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);

-sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;

-ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi oʻzgartirilganda;

- imloviy xato va noaniqliklar boʻlganda, shuningdek tugʻilgan vaqti, joyi va otasining ismi yozilmay qolganda;

-16 yoshga toʻlmagan bolaning ismi va familiyasi oʻzgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan boʻlsa;

-agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan boʻlsa;

-jinsi oʻzgartirilganda.

Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza FXDYO organi tomonidan, ariza tushgan kundan 15 kun mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.Uzrli sabablar (oʻzgartirish kiritish zarur boʻlgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud boʻlganda FXDYO organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.

Endilikda FXDYO organlari faoliyatida eksperitirial tamoyilining joriy etilishi fuqarolarning vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili (joylashgan yeri)dan qatʼiy nazar, istalgan xududdagi FXDYO idoralariga murojat qilish imkoniyati yaratilganligini anglatadi.

FXDYO organlari tomonidan dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish, familyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish, otalik, farzandlikka olish masalasi yuzasidan, dalolatnoma yozuvi boshqa viloyat, tuman, shaxarda boʻlishidan qatʼiy nazar Respublikaning istalgan tuman, shaxar FXDYO idorasiga murojat etib, elektron tartibda eksperitirial tamoyilga asosan olish tartibi yoʻlga qoʻyilgan.

Shunday qilib FXDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot –komunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi xamda tartiblarini oʻrnatishda, avvalo xalq manfaatlarining tobora xisobga olib borilishi fuqarolar va davlat oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarini ijobiy tarzda xal boʻlishiga katta xissa qoʻshadi.

Olmaliq shaxar FXDYO boʻlimi 2-toifali inspektori Abdunazarova Raʼno Xoljoʻrayevna