Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

FAMILIYA, ISM VA OTA ISMINI OʻZGARTIRISH TARTIBI.


FAMILIYA, ISM VA OTA ISMINI OʻZGARTIRISH TARTIBI.

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgach turar joydagi FHDYO organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar 16 yoshga toʻlgan shaxs pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish haqida ariza bersa, unda arizaga tugʻilganlik haqida guvohnoma va tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi nusxasi ilova qilinadi.

Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar:

agar familiya, ism va ota ism eshitilishda yoqimsiz boʻlsa;

agar familiya, ism va ota ismi millatiga toʻgʻri kelmasa;

xohishga qarab nikohgacha boʻlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oilada bir xil familiyada boʻlish istagi paydo boʻlganda (agar nikoh tuzish paytida erxotin umumiy familiyani tanlamagan boʻlsa);

FHDYO organi tomonidan uzrli deb topilgan boshqa asoslarga koʻra koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar:

a) ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

b) agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan boʻlsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

v) agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, u holda bolalarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari;

g) ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʻchirma;

d) agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

ye) 1 dona (3 x 4 oʻlchamli) fotosurat ilova qilinadi.

Oʻzgartirishlar kiritilishi uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvlari yoʻqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish ushbu xujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.

FXDYO boʻlimi mudiri taqdim etilgan xujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FXDYO organlaridan oʻzining talabi boʻyicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini olganda yigʻilgan hujjatlarni yigʻmajildga tikadi va tegishli tekshiruv oʻtkazish uchun ichki ishlar organiga joʻnatiladi.

Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida oʻrganib chiqadi, ariza beruvchining familyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FXDYO organiga taqdim etadi. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

Endilikda FXDYO organlari faoliyatida eksperitirial tamoyilining joriy etilishi fuqarolarning vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili (joylashgan yeri)dan qatʼiy nazar, istalgan xududdagi FXDYO idoralariga murojat qilish imkoniyati yaratilganligini anglatadi.

FXDYO organlari tomonidan dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish, familyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish, otalik, farzandlikka olish masalasi yuzasidan, dalolatnoma yozuvi boshqa viloyat, tuman, shaxarda boʻlishidan qatʼiy nazar Respublikaning istalgan tuman, shaxar FXDYO idorasiga murojat etib, elektron tartibda eksperitirial tamoyilga asosan olish tartibi yoʻlga qoʻyilgan.

Shunday qilib FXDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot –komunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi xamda tartiblarini oʻrnatishda, avvalo xalq manfaatlarining tobora xisobga olib borilishi fuqarolar va davlat oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarini ijobiy tarzda xal boʻlishiga katta xissa qoʻshadi.

Olmaliq shaxar FXDYO boʻlimi 2-toifali inspektori Abdunazarova Raʼno Xoljoʻrayevna