Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga binoan xodimlarni ishdan chetlashtirishga faqatgina shu Kodeksning 113-moddasida hamda qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga binoan xodimlarni ishdan chetlashtirishga faqatgina shu Kodeksning 113-moddasida hamda qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Baʼzan qaysidir xodimning faoliyatiga jiddiy eʼtirozlar tugʻilsa, masalan, tekshiruvlar oʻtkazish chogʻida uni darrov chetlashtirib qoʻyishadi. Biz doim buni noqonuniy va notoʻgʻri deymiz, chunki bunday sabab bilan chetlashtirish na Mehnat kodeksining 113-moddasida va na boshqa qonunlarda koʻzda tutilmaganda.
Lekin, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bu masalada yangilik bor, yangi Mehnat kodeksidagi ishdan chetlashtirishga oid moddada:
➖xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan taqdirda, agar muayyan xodimning ishda boʻlishi xizmat tekshiruvini oʻtkazishga xalaqit beradi deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud boʻlsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli ekanligi koʻzda tutilmoqda.
Bunda xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va buyruq oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimning eʼtiboriga imzo qoʻydirib yetkaziladi.
Xizmat tekshiruvining muddati uzogʻi bilan 15 kundan oshmasligi kerak, shundan kelib chiqib ishdan chetlashtirish muddati ham koʻpi bilan 15 kungacha boʻlishi mumkin.
Ushbu chetlashtirishning boshqalaridan asosiy farqi shuki, bunda xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.qoʻyganmiz
Faqat, bu yangi normalar 2023-yilning 30-aprelidan amalga kiritiladi.
Bundan tashqari 2022-yil 10-noyabrda kuchka kirgan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunning 49-moddasida ham “xizmat tekshiruvini oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi oʻtkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin” degan qoida bor.
Aralov Akrom.
Olmaliq shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti