Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

2022-yilning 28-noyabr kuni “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-803-sonli qonun eʼlon qilindi


2022-yilning 28-noyabr kuni “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-803-sonli qonun eʼlon qilindi

 

Qonundagi eng muhim va koʻpchilikni qiziqtiradigan normalardan biri qurilishi tugallanmagan obyektlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish desam xato boʻlmasa kerakyu

 

Qonunning 37-moddasi ayni shu masalaga bagʻishlangan. Birinchi masala – qurilishi tugallanmagan obyektlarga berilgan aniq tushuncha berilgan.

 

▪️Yaʼni, 37-moddada ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin koʻrsatilgan muddatga tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruhsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obyektlar ekani belgilab qoʻyilmoqda.

 

▪️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, roʻyhatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos boʻladi.

 

▪️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyhatidan oʻtkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

 

▪️Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat roʻyhatidan oʻtkazilmaydi.

 

Faqat bir masala bor, “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonun 2023-yilning 1-mart kunidan kuchga kiradi.

Aralov Akrom.

Olmaliq shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti