Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Yangi ishga kirayotgan chet tili oʼqituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 oʼquv yilidan kiritiladi


Yangi ishga kirayotgan chet tili oʼqituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 oʼquv yilidan kiritiladi

 

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023 oʼquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʼqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʼlishi lozim.

Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlarda chet tili fani oʼqituvchilarining umumtaʼlim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va oʼqituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

 

Koʼplab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni oʼqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan V2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼlmagan cheti tili fani oʼqituvchilarining umumtaʼlim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 oʼquv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi.

 

Quychirchiq tumani adliya bo’limi YUXEM bosh yuristkonsulti

U.Fayzullayev.