Янгиликлар
FUQАROLАRNING DIQQАTIGА
FUQАROLАRNING DIQQАTIGА
2022-yilning 01 dekabrdan qonunchilikda quydagilar oʼzgaradi !
1. Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushadi. Bunda:
➖ har bir yoʼl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
➖ hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan oʼrnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
➖ muayyan davr mobaynida yoʼl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʼbatlantirish choralari qoʼllaniladi.
2. D-kartani rasmiylashtirishda ortiqcha hujjatlarni talab qilish amaliyoti bartaraf etiladi;
3. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning taʼsis shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish talabi bekor qilinadi;
4. Bojxona xizmatlari toʼliq raqamlashtiriladi;
Quychirchiq tumani adliya bo’limi YUXEM bosh yuristkonsulti
U.Fayzullayev.