Янгиликлар
UMUMTA’LIM MAKTABLAR O‘QITUVChILARI DIQQATIGA
UMUMTA’LIM MAKTABLAR O‘QITUVChILARI DIQQATIGA
Fuqarolarga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 29 iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq o‘qituvchi bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, unga ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.
Ushbu qarorga muvofiq ustamalar har bir fan bo‘yicha belgilangan.
Misol uchun ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi ustama olish uchun Pedagog kadrlarning umumta’lim fanlar bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratni baholash darajasi to‘g‘risidagi sertifikatining eng kam 71 ballik darajasini olganda unga 50 foiz ustama to‘lanadi” deb javob berildi
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti U.Fayzullayev