Янгиликлар
Pensiyaga chiqqan fuqarolarning ishlash huquqi
Pensiyaga chiqqan fuqarolarning ishlash huquqi
“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik
faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-4235-son 07.03.2019 Oʼzbekiston Respublikasinii Qonuni qabul qilingan edi.
Mazkur Qonun xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʼllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʼbatlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Xususan, Qonunning 1 bandiga koʼra, 2019 yil 1 maydan boshlab ayollarning pensiya yoshiga toʼlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʼlgunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish taqiqlanadi.
Bu vaziyatda, ish beruvchi ayol xodimlarning pensiya yoshiga toʼlganligi munosabati bilan u bilan mehnat shartnomasining oʼz tashabbusiga koʼra mexnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga koʼra bekor qilishi mumkin emas.
Shuni yodda saklangki, mehnat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzish dalillari boʼyicha siz tashkilotingiz harakatlarining mehnat qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish talabi bilan Davlat mehnat huquq inspektsiyasiga yoki mehnat qonunchiligining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiradigan prokuratura organlariga murojaat qilishga huquqingiz bor.
Quyi Chirchiq tuman adliya
boʼlimi boshligʼi
J.I.Badalov