Янгиликлар
Аliment boʼyicha kelishuv
Аliment boʼyicha kelishuv
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son qaroriga ilovada, Аlimentlarni oldindan toʼlash, shuningdek aliment toʼlash majburiyatini taʼminlash boʼyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʼgʼrisida” Nizom mavjud.
Ushbu Nizom voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlarni oldindan toʼlash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar taʼminoti uchun aliment toʼlash majburiyatini taʼminlashda garov shartnomasini tuzish tartibini belgilaydi.
Nizomning 26-bandida belgilanishicha, agar qarzdorning ish haqi yoki boshqa daromadi oldindan toʼlangan alimentlar summasiga nisbatan koʼproq miqdorda toʼlash imkonini bersa, undiruvchi alimentlar oldindan toʼlangan davr yakunlangunga qadar qarzdor uchun aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash toʼgʼrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Mazkur ariza sud tomonidan sud qarorlarini ijro etish usuli va tartibini oʼzgartirish boʼyicha belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi.
Аliment majburiyatlarini umumiy tartibda belgilash toʼgʼrisidagi ariza qanoatlantirilganda, oldindan toʼlangan aliment toʼlovlari qaytarilmaydi, umumiy tartibda toʼlanishi lozim boʼlgan aliment hisobiga oʼtkaziladi. Bunda davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari umumiy tartibda qoʼllaniladi.
Demak, turmush oʼrtogʼingiz oldindan toʼlangan davr yakunlangunga qadar ham aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash boʼyicha sudga murojaat qilishga haqli.
Quyi Chirchiq tuman adliya
boʼlimi yetakchi maslahatchisi
А.Kazimbaev