Янгиликлар
Fors-major holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Fors-major holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Hukumat qarori (625-son, 28.10.2022-y. ) bilan Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq Oʻzbekistonda boshlangan yoki boʻlib oʻtgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.
Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatlari organ tomonidan soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.
Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shartnoma, qoʻshimcha kelishuv hamda ularning spetsifikatsiya nusxalarini;
▫️shartnoma boʻyicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.
Talabgordan ushbulardan boshqa maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
Davalat xizmatlari markazi
Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish
Shubasi boʻlim boshligʻi Ismoilov Saloxiddin Ilxomiddinovich