Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Ona bolasini otasiga koʻrsatmaslikka haqlimi?


Ona bolasini otasiga koʻrsatmaslikka haqlimi?

Oilasidan qonunan ajrashmagan ayol farzandlarini otasiga koʻrsatmaslikka qonunan haqlimi? 

Ota-ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega hisoblanishadi. Har bir otaning oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishi, ularga taʼminot berishlari shartligi belgilanganligi kabi boladan alohida yashayotgan ota bola bilan koʻrishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bola bilan birga yashayotgan ona bolaning otasi bilan koʻrishishiga, agar bunday koʻrishish bolaning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Agar ota-ona bola bilan koʻrishishni oʻzaro kelishib hal qila olmasalar, bu masala ota yoki onaning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Shuningdek, bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan koʻrishib turish huquqiga ega boʻlib, ota-ona yoki ulardan biri ularga bola bilan koʻrishishiga imkoniyat bermasa, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin. Agar ota-ona yoki ulardan biri vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan koʻrishib turishga toʻsqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

                                                             

                            Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

M.Nunnazarov.