Янгиликлар
Mehnat nizolari bilan bogʻliq munosabatlar
Mehnat nizolari bilan bogʻliq munosabatlar
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish va inson huquqlarini taʼminlash mustaqil Respublikamizning asosiy yoʻnalishiga aylanganib borayotganligini, bunda asosiy eʼtibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obroʻsini oshirish, sudlarning tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash, ularni qonun ustuvorligini taʼminlovchi, har bir fuqaro oʻz huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishligini, hokimiyatning alohida uchinchi tarmogʻi sifatida odil sudlov tizimini qayta koʻrib chiqish va demokratlashtirishga qaratilib, sudlar ixtisoslashtirilganligini yaʼni, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha alohida sudlar tashkil etilganligini, amalga oshirilgan islohatlarning barchasi inson huquqlarini buzulishining oldini olishga qaratilganligini, birgina misol tariqasida mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) qarorlari ustida maʼmuriy sudlarga murojaat qilish instituti jori etilganli, bularning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgandir.
Mehnat nizolari deganda ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnatga oid boshqa shartnomalarni qoʻllash, shuningdek, yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini oʻzgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi.
Mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning xodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi boʻlib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.
Mehnat nizolari protsessual hususiyatga ega boʻlib, yaʼni hodim bilan ish beruvchi oʻrtasida amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va normativ huquqiy-hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllash yuzasidan kelib chiqadi.
Mehnat nizolarini hal qilishga doir munosabatlar asosan mehnatni tashkil qilish, shart-sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarisha tadbiq etish jarayonida vujudga keladi. Koʻpincha mehnat nizolari ish beruvchi bilan hodim oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar oʻz vaqtida hal qilinmagan taqdirda roʻyobga chiqadi. Ammo mehnat nizolari jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli qaroriga koʻra: “Ishga tiklash haqidagi nizolar boʻyicha ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida bevosita sudga berilishi.
Mehnat shartnomasining muddati tugaganligi (MK 105-modda) sababli bekor qilinishining qonuniyligi toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrishda sudlar muddatli mehnat shartnomasi xodim bilan asosli holda tuzilganmi, yaʼni mehnat shartnomasi tuzishda MKning 76-moddasi talablari hisobga olinganmi, ishning shartnomada kelishilgan muddati haqiqatda tugaganmi, mehnat shartnomasining bekor qilinishiga yoʻl qoʻyadigan MK 105-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi muddatlarga rioya etilganmi, homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga muddati tugaganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishida ularga qoʻshimcha kafolatlar berilganligi holatlarga eʼtiborini qaratmogʻi lozim.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
D.Nurullayev